Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini rasman ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati bor va rahbariyat aynan shu yo‘nalishda faol harakat qilmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to‘plagan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan. 2003 yilda esa u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.