Suchich Inter mag‘lubiyatidan so‘ng xotirjamlikka chaqirdi

Suchich Inter mag‘lubiyatidan so‘ng xotirjamlikka chaqirdi

Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Petar Suchich Chempionlar ligasida “Bude-Glimt”ga qarshi o‘yindan keyin fikr bildirdi. Norvegiyaliklar kutilmaganda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“O‘yinning o‘zi og‘ir kechdi, ayniqsa raqib o‘z maydonida juda kuchli. Natija biz uchun yomon bo‘ldi. Bu kecha omadsiz o‘tdi, biroq xotirjamlikni saqlashimiz va uyda g‘alaba qozonishimizga ishonishimiz kerak”, — deya Suchichning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirdi.

Musobaqaning umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra “Inter” 8 uchrashuvda 15 ochko jamg‘arib, jadvalda 10-o‘rinni egalladi. “Bude-Glimt” esa 9 ochko bilan undan 12 pog‘ona pastda joylashdi.

Javob uchrashuvi 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.