MakTominey Italiya futboli APLdan ancha farq qilishini aytdi

MakTominey Italiya futboli APLdan ancha farq qilishini aytdi

Shotlandiyalik yarim himoyachi Skott MakTominey Italiya chempionati va Angliya Premyer-ligasi o‘rtasidagi farqlar haqida fikr bildirdi. Futbolchi avval “Manchester Yunayted” safida o‘ynagan, biroq klub uni tarkibda qoldirmay, 2024 yilda A Seriyaga yo‘l olgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

MakTominey ta’kidlashicha, Italiyadagi o‘yin uslubi, ayniqsa, taktika borasida APLdan keskin ajralib turadi. U ko‘plab jihatlarga juda tez moslashishga to‘g‘ri kelganini, biroq futbolni taktik tomondan o‘rganishni yoqtirgani uchun bu jarayonni ijobiy qabul qilayotganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, shotlandiyalik futbolchi o‘tgan yili “Napoli” bilan Italiya chempioni bo‘lgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.