Osimhen Galatasarayda o'zini erkin his qilyapti, ammo so'rovlar bor

Osimhen Galatasarayda o'zini erkin his qilyapti, ammo so'rovlar bor

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha “Galatasaray”dagi hayotidan mamnun va klubini o'zgartirish zarurati borligini sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoa muhiti va tarkib yoqayotgani ta'kidlanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, The Touchline xabariga ko'ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimhenga qiziqish bildirishi mumkin. Hozircha esa aniq takliflar, aloqalar yoki muzokaralar haqida gap yo'q.

Manbada qayd etilishicha, ehtimoliy transfer bo'yicha yakuniy qaror futbolchining o'zi tanloviga bog'liq bo'ladi.

Osimhen “Galatasaray” safida 64 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.