Bavariya Oliseni yozda hech qayerga qo'yib yubormaydi

Bavariya Oliseni yozda hech qayerga qo'yib yubormaydi

«Bavariya» vingeri Maykl Olise joriy mavsumda barqaror va yorqin o'yin ko'rsatayotgani ortidan uni Angliya Premyer-ligasining grandlari, xususan «Liverpul» bilan bog'layotgan gap-so'zlar ko'paydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq The Touchline xabariga ko'ra, myunxenliklar yaqin yozda Oliseni qanday sharoit bo'lishidan qat'i nazar sotishni mutlaqo ko'zlamayapti.

Futbolchining o'zi ham klubning bunday qat'iy pozitsiyasidan norozi emas: fransuz qanot hujumchisi Myunxenda o'zini baxtli his qilmoqda va aynan shu yerda eng yuqori darajasiga chiqqanini sezmoqda.

Olise «Bavariya» safiga 2024 yil iyulida «Kristal Pelas»dan kelib qo'shilgandi. Shundan beri u 89 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol hamda 48 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.