Radimov Juventus himoyasidagi xatolarni keskin tanqid qildi

Radimov Juventus himoyasidagi xatolarni keskin tanqid qildi

Rossiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, Zenitdagi faoliyati bilan tanilgan Vladislav Radimov Italiyaning Juventus jamoasi o'yini haqida fikr bildirdi. Turin klubi ketma-ket to'rtta uchrashuvda g'alaba qozona olmayapti va har safar kamida ikki tadan gol o'tkazib yubormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Radimovning ta'kidlashicha, himoyada juda sodda xatolar ko'p: futbolchilar o'z jarima maydonida to'p bilan ortiqcha ovora bo'lib, natijada kulgili gollar o'tkazib yuboryapti. Uningcha, jamoada hujum va himoya o'rtasidagi muvozanat yetishmayapti.

Hozirda Juventus A Seriyada 46 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda. 21 fevral kuni kechqurun jamoa 26-tur doirasida jadvalda bir pog'ona pastdagi Komo bilan maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.