Makarov jarohatdan forig' bo'lib, umumiy guruhga qaytdi

Makarov jarohatdan forig' bo'lib, umumiy guruhga qaytdi

Qanot hujumchisi Denis Makarovning agenti Aleksey Babir mijozining hozirgi holati haqida ma'lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, Moskvaning «Dinamo» klubidan Turkiyaning «Kayserispor» jamoasiga ko'chib o'tgan futbolchi yaqinda yengil jarohat olgandi.

Agentning aytishicha, Makarov tiklanib bo'lgan va haftaning barchasida jamoa bilan to'liq mashg'ulot o'tkazmoqda. U klubdagi muhitdan mamnun, faqat shu kichik jarohat o'yin amaliyotiga salbiy ta'sir qilgan — aks holda u allaqachon start tarkibida maydonga tushishi mumkin edi.

Turkiya chempionatida Makarov hozircha bir uchrashuvda maydonga tushib, 30 daqiqa o'ynashga ulgurdi.

Yakshanba kuni «Kayserispor» Turkiya Superligasining 23-turi doirasida «Antalyaspor»ga qarshi bahs o'tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.