Krishtianu Ronaldu besh so'z bilan motivatsiya berdi

Krishtianu Ronaldu besh so'z bilan motivatsiya berdi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to'p surayotgan portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yangi post qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli forvard «Biz tinimsiz mehnat tufayli o'syapmiz», deya qisqa va lo'nda fikr yozdi.

Ronaldu jamoasining navbatdagi uchrashuvi Saudiya Arabistoni chempionati 23-turi doirasida «Al-Hazm»ga qarshi bo'lib o'tadi. O'yin bugun, 21 fevral kuni soat 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Joriy mavsum Saudiya Arabistoni Pro-ligasida Ronaldu 19 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol (shundan 4 tasi penaltidan) va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.