Ronaldu 30 yoshdan keyin 500 gol marrasidan oshdi

Ronaldu 30 yoshdan keyin 500 gol marrasidan oshdi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 30 yoshdan keyingi gollari sonini 500 taga yetkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatining shanba kungi «Al-Hazm»ga qarshi o‘yinida 13-daqiqada hisobni ochdi va bu uning 30 yoshdan o‘tganidan keyingi 500-goli bo‘ldi. Uchrashuv yakuniga yaqin Ronaldu yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, ushbu ko‘rsatkichni 501 taga chiqardi.

Umumiy hisobda Ronaldu faoliyati davomida 964 ta gol urgan. Shunday qilib, u to‘plarining asosiy qismini so‘nggi 11 yil ichida kiritgan.

Saudiya ligasining joriy mavsumida 41 yoshli hujumchi 20 marta gol urdi. U to‘purarlar poygasida Ayven Toni (23) va Xulian Kinones (21)dan keyin uchinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.