Giyom Varmyuz Lansning chempionlikka kuchini his qilmoqda

Giyom Varmyuz Lansning chempionlikka kuchini his qilmoqda

"Lans"ning afsonaviy darvozaboni Giyom Varmyuz jamoasining bu mavsumdagi o‘yinlarini katta qiziqish bilan kuzatmoqda. Uning fikricha, parijlik grand "PSJ"ning ustunligiga jiddiy da’vo tashlagan klub yana bir bor tarixiy muvaffaqiyatni qaytarishga qodir. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

1998 yilda "Lans" bilan birga chempion bo‘lgan Varmyuz hozir klub rahbariyati, asosan, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini ko‘zlayotganini ta’kidladi. Biroq hozirgi natijalar jamoani chempionlik poygasining to‘laqonli ishtirokchisiga aylantirgan. Unga ko‘ra, agar "Lans" aprel oyigacha hozirgi pozitsiyasini saqlab qolsa, bu titul uchun juda jiddiy signal bo‘ladi. Varmyuzning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Shu bilan birga, shanba kuni "Lans" sobiq posbonini ranjitdi: "Monako"ga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida oldinda borayotgan jamoa ikkinchi bo‘limda ketma-ket uch gol o‘tkazib yubordi va yakunda mag‘lub bo‘ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.