Mario Gyotse Ronaldu jamoasiga o‘tishga tayyorligini bildirdi

Mario Gyotse Ronaldu jamoasiga o‘tishga tayyorligini bildirdi

Frankfurtning "Ayntraxt" klubida to‘p surayotgan hujumkor yarim himoyachi Mario Gyotse Germaniya chempionatini tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin. Futbolchining o‘zi bu ehtimolni jurnalistlar bilan suhbatda inkor etmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jahon chempioni bo‘lgan Gyotsega ko‘ra, agar "Al-Nasr"dan aniq taklif tushsa, u bu variantni ko‘rib chiqishga tayyor. Uning aytishicha, masalada faqat bitta klub emas, balki Saudiya chempionatining qanday sur’atda rivojlanayotgani ham muhim omil.

Gyotsening "Ayntraxt" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi "Ayntraxt" safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.