Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar Ligasida mag'lub bo'ldi

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar Ligasida mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida yetti turdan keyin «Shanxay Shenxua» pley-off yo'llanmasi uchun barcha imkoniyatini boy berdi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnirdagi so'nggi umidlar sifatida ko'rildi, biroq yakunda buning ham uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» birinchi bo'limning dastlabki qismidayoq ikki bor gol urib, o'yin taqdirini hal qildi. Tez orada «Shanxay Shenxua» maydonda bir futbolchiga kam bo'lib qoldi va bu intriga deyarli so'ndi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.