Kunde Pedri Barselona o'yinini butunlay o'zgartiradi dedi

Kunde Pedri Barselona o'yinini butunlay o'zgartiradi dedi

«Barselona»ning o'ng qanot himoyachisi Jyul Kunde jamoa uchun yarim himoyachi Pedrining ahamiyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

23 yoshli ispaniyalik futbolchi jarohatdan keyin safga qaytdi. U La Liganing yakshanba kungi «Levante»ga qarshi uchrashuvida (3:0) 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

«Pedri hamma narsani o'zgartiradi. Albatta, biz unga muhtoj edik. Ko'plab vaziyatlarda o'yinimiz aynan u orqali quriladi. U bo'lmaganda bu doim seziladi — hatto himoyada ham», — deya Kundening so'zlarini ispan manbalariga tayanib keltiradi «Gazeta.Ru».

Pedri «ko'k-anorranglilar»ning avvalgi yetti uchrashuvini o'tkazib yuborgan, shulardan ikkitasi mag'lubiyat bilan yakunlangan.

Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa La Liga turnir jadvalida yana peshqadamlikni qo'lga oldi va Madridning «Real»ini bir ochkoga ortda qoldirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.