Anchelotti Ronalduning tiklanish haqidagi gapini esladi

Anchelotti Ronalduning tiklanish haqidagi gapini esladi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, Ronaldu u ishlagan futbolchilar orasida eng professionallaridan biri. Anchelotti bir voqeani eslab, portugaliyalik yulduz unga: «Haddan tashqari ko'p suv o'simlikni o'ldiradi», deganini ta'kidladi. Murabbiy futbol katta jismoniy yuklama talab qilishini, biroq tiklanish jarayoni ham shunchalik muhim ekanini qo'shdi: ko'plab jarohatlar aynan ortiqcha zo'riqish oqibatida kelib chiqadi.

41 yoshli Krishtianu Ronaldu hozir Saudiya Arabistonida «Al-Nasr» safida o'ynamoqda. Uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan. Ronaldu faoliyati davomida besh marta «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.