Garri Keyn yaqin vaqtda Barselonaga o'tmaydi

Garri Keyn yaqin vaqtda Barselonaga o'tmaydi

“Bavariya” hujumchisi Garri Keyn yaqin kelajakda “Barselona” safiga borishi kutilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq kataloniyaliklar prezidenti lavozimiga nomzod Xavyer Vilaxoana yulduz hujumchini jamoaga olib kelish niyati borligini aytgandi. Biroq Sky Sport xabariga ko'ra, “Barselona” kelasi yozda Keyn transferini rejalashtirmayapti va bu bitim hozircha amalda mumkin ham emas. “Bavariya” esa forvard bilan shartnomani 2028 yoki 2029 yilgacha uzaytirishni istamoqda.

Joriy mavsumda 32 yoshli Keyn Vensan Kompani jamoasida barcha musobaqalarda 36 o'yinda 43 ta gol urdi. Transfermarkt bahosiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 65 mln yevroni tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.