Al-Nasr Jorje Jezush bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Al-Nasr Jorje Jezush bilan shartnomani uzaytirmoqchi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush klubdagi kelajagini uzaytirishi mumkin. Saudiya Arabistonidan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi bitim taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa rahbariyati murabbiyning ishidan mamnun va kelasi mavsumda ham u bilan hamkorlikni davom ettirishni istamoqda.

Avvalroq Jezushning taqdiri klubdagi vatandoshi Krishtianu Ronaldu qaroriga bog‘liq ekani aytilgandi: agar hujumchi yozda ketadigan bo‘lsa, murabbiy ham jamoani tark etishi mumkin edi. Biroq Ronaldu yaqinda “Al-Nasr”da qolish niyatini bildirgan.

Jorje Jezush “Al-Nasr”ni o‘tgan yil iyul oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Hozirda jamoa chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.