Al-Nasr bosh murabbiyi Jezush bilan kelajakni belgiladi

Al-Nasr bosh murabbiyi Jezush bilan kelajakni belgiladi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Mahalliy manbalarga ko‘ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klubda Jezushning ishidan mamnun va kelasi mavsumda ham u bilan birga ishlashni xohlamoqda. Avvalroq, agar Krishtianu Ronaldu yozda jamoani tark etsa, Jezush ham ketishi mumkinligi haqida gaplar chiqqandi. Biroq yulduz hujumchi yaqinda «Al-Nasr»da qolish niyati borligini bildirgan.

Jorje Jezush «Al-Nasr»ni o‘tgan yil iyul oyida qabul qilib olgan. Hozirda jamoa chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.