Yuventus Ueston Makkenni bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Yuventus Ueston Makkenni bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Amerikalik yarim himoyachi Ueston Makkenni Turinning “Yuventus” klubi bilan yangi mehnat shartnomasini imzolash arafasida. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni yakunlab, kelishuvning barcha bandlarini kelishib olgan. Rasmiy bayonot yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Makkennining “qari sinyora” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Futbolchining transfer qiymati 22 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Ueston “Yuventus” safida 36 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.