Ruy Koshta Benfika tarixi inklyuzivlik namunasi deydi

Ruy Koshta Benfika tarixi inklyuzivlik namunasi deydi

Lissabonning «Benfika» klubi prezidenti Ruy Koshta jamoa futbolchisi Janluka Prestianni atrofida yuzaga kelgan mojaro yuzasidan munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Prestianni Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniorga nisbatan irqchilik qilganlikda ayblanmoqda. Shu sabab futbolchi Yevropa Chempionlar ligasidagi 1 o'yinga vaqtincha chetlatildi, yakuniy intizomiy qaror esa keyinroq e'lon qilinadi.

«Benfika» butun tarixi davomida irqchilik emas, inklyuzivlik timsoli bo'lib kelgan. Prestianni irqchi emas. Agar u shunday bo'lganda, bu klubda to'p surmagan bo'lardi. «Benfika» tarkibida hech qachon irqchilarga o'rin bo'lmaydi», — deya Koshtaning so'zlarini Record nashri keltirdi.

Chempionlar ligasi doirasida «Real» va «Benfika» o'rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni bo'lib o'tadi. Dastlabki bahsda madridliklar 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.