Syomin Safonov PSJ asosiy tarkibidan joy oldi

Syomin Safonov PSJ asosiy tarkibidan joy oldi

Rossiyalik taniqli murabbiy Yuriy Syomin PSJ darvozaboni Matvey Safonov haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, mavsumning so'nggi o'yinlarida rossiyalik posbon jamoaning asosiy tarkibida tobora ko'proq ko'rinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Syomin Safonovning ishonchli o'yinlari ortida mehnatsevarlik turganini ta'kidladi. Mutaxassis darvozabon uchun ruhiy barqarorlik juda muhimligini, Safonovda esa o'z kuchiga ichki ishonch borligini qayd etdi.

Joriy mavsumda Safonov PSJ bilan FIFA Qit'alararo kubogini qo'lga kiritishda ham muhim rol o'ynadi: braziliyalik “Flamengo”ga qarshi penaltilar seriyasida u 4 ta zarbani qaytardi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.