Al-Hilol Karim Benzemasiz qolib ketishi mumkin

Al-Hilol Karim Benzemasiz qolib ketishi mumkin

«Al-Hilol»ning yulduzli yangi futbolchisi Karim Benzema jamoa mashg‘ulotlari vaqtida son qismidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fransuz hujumchisining «Al-Taavun»ga qarshi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushishi katta savol ostida turibdi. Tez orada Benzema tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan keyin tiklanish muddati aniq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Benzema bu qishda «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol» safiga o‘tgandi. U yangi jamoasi safida uchta o‘yinda qatnashib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.