Krishtianu Ronaldu Lindsi Vonnni qo'llab-quvvatladi

Krishtianu Ronaldu Lindsi Vonnni qo'llab-quvvatladi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to'p surayotgan futbol superyulduzi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik tog' chang'ichisi Lindsi Vonnni ruhlantiruvchi so'zlar bilan qo'llab-quvvatladi. Sportchi 2026 yilgi qishki Olimpiadada og'ir jarohat olgani xabar qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli portugaliyalik hujumchi o'z murojaatida Vonnning irodasini alohida ta'kidladi: «Sen zabt etgan hech bir cho'qqi sening kuching bilan tenglasha olmaydi. Kurashni davom ettirish kerak. Afsonalar doim yana turib ketadi», — deya yozdi Ronaldu.

Ma'lumot uchun, Krishtianu 2023 yil yanvaridan beri Saudiya Arabistonida faoliyat yuritmoqda. Uning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan, futbolchining transfer narxi esa 12 million yevroga baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.