Monako murabbiyi Pogbaning maydonga qaytish muddatini aytdi

Monako murabbiyi Pogbaning maydonga qaytish muddatini aytdi

«Monako» bosh murabbiyi Sebasten Pokonoli yarim himoyachi Pol Pogbaning safga qaytishi qachon kutilayotgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, futbolchining qaytishi tobora yaqinlashmoqda. Jamoa Pogba terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusdan sal avval ixtiyorida bo'lishiga umid qilmoqda hamda xalqaro tanaffus vaqtida u bilan alohida ishlashni rejalashtirmoqda. Pokonolining qo'shimcha qilishicha, Pogba to'liq jamoaga yo'nalgan.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Pogba noyabr-dekabr oylarida «Monako» tarkibida uchta uchrashuvda maydonga tushgan, biroq shundan so'ng yana jarohati sababli safdan chiqqan.

Mart oyida Pogba 33 yoshga to'ladi. «Monako» esa hozirda Liga 1 turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.