Bavariya Lennart Karlning maoshini to'rt barobar oshirmoqchi

Bavariya Lennart Karlning maoshini to'rt barobar oshirmoqchi

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachi Lennart Karlni jamoada olib qolish borasida ish olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Sky Sports xabariga ko'ra, yaqin vaqt ichida 18 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif etilishi kutilmoqda. Germaniya chempioni Karlga mavsumiga 8 million yevro maosh berishga tayyor, hozirda esa u yiliga 2 million yevro oladi.

Lennart Karl «Bavariya» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi bitimi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 31 o'yinda maydonga tushib, 7 gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Karlning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.