Al-Hilol Karim Benzemasiz qolib ketishi mumkin

Al-Hilol Karim Benzemasiz qolib ketishi mumkin

«Al-Hilol»ning yulduzli yangi futbolchisi Karim Benzema jamoa mashg'ulotlari vaqtida son qismidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fransuz hujumchisining «Al-Taavun»ga qarshi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvdagi ishtiroki katta savol ostida qolmoqda. Benzema yaqin kunlarda tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan keyin tiklanish muddati bo'yicha aniq ma'lumot beriladi.

Eslatib o'tamiz, Benzema qishki transfer oynasida «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o'tgandi. U yangi jamoasi safida hozircha uchta o'yin o'tkazib, uch gol va bitta golli uzatma muallifiga aylangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.