Bavariya Lennart Karlning maoshini to'rt baravar oshirmoqchi

Bavariya Lennart Karlning maoshini to'rt baravar oshirmoqchi

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachi Lennart Karlni jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Sky Sports xabariga ko'ra, klub yaqin vaqt ichida 18 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Amaldagi Germaniya chempionlari Karlga mavsumiga 8 million yevro maosh berishga tayyor, hozir esa u yiliga 2 million yevro olmoqda.

Lennart Karl «Bavariya» akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Uning amaldagi bitimi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 31 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida Karlning qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.