Bavariya Lennart Karlning maoshini to'rt baravar oshirmoqchi

Bavariya Lennart Karlning maoshini to'rt baravar oshirmoqchi

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachi Lennart Karlni tarkibda olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Sky Sports xabariga ko'ra, yaqin kunlarda 18 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilinishi kutilmoqda. Germaniya chempionlari Karlga mavsumiga 8 million yevro maosh berishga tayyor, hozirda u yiliga 2 million yevro oladi.

Lennart Karl — «Bavariya» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Uning amaldagi bitimi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 31 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt futbolchini 60 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.