Al-Hilol Karim Benzemasiz qolib ketishi mumkin

Al-Hilol Karim Benzemasiz qolib ketishi mumkin

Al-Hilolning yulduzli yangi transferi Karim Benzema jamoa mashg‘ulotlari chog‘ida son qismidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fransuz hujumchisining Al-Taavun bilan bo‘ladigan yaqin o‘yinda maydonga tushishi katta savol ostida. Tez orada Benzema tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va undan keyin tiklanish muddati aniq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Benzema qishda Al-Ittihaddan Al-Hilolga ko‘chib o‘tgandi. U yangi jamoa safida uchta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.