Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Safonovni maqtadi

Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Safonovni maqtadi

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Floran Sinama-Pongol Rossiya darvozaboni Matvey Safonovning «PSJ»dagi o‘yinlarini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Veteran futbolchi RPLni muntazam kuzatmasligini aytsa-da, Safonov Fransiya va butun Yevropada diqqat markazida ekanini ta’kidladi.

«Rossiyalik futbolchilar Chempionlar ligasida yaxshi ko‘rinish beryapti. «PSJ»dagi Safonov ham o‘z ishini sifatli bajaryapti», — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

2025/2026 yilgi mavsumda Safonov parijliklar safida 10 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, u o‘z darvozasiga belgilangan 7 penaltidan 5 tasini qaytardi.

Bugun, 25 fevral kuni Safonov 27 yoshga to‘ldi. Klub darvozabonni tug‘ilgan kuni bilan iliq tabrikladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.