Real yozda darvozabon Kobelni transfer qilmoqchi

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida darvozabonlar chizigini kuchaytirish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Xorxe Pikon xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» Dortmundning «Borussiya»si posboni Gregor Kobel variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Shveysariyalik golkiper aynan «Real» uchun bu pozitsiyadagi asosiy maqsad sifatida baholanmoqda.
Kobel 2021 yilda «Shtutgart»dan Dortmund klubiga 15 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 45 ta gol o‘tkazib yubordi, 14 uchrashuvda esa darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt portali Kobelning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













