Erik Garsiya Barselona o'zini eng kuchli deb hisoblaydi

Erik Garsiya Barselona o'zini eng kuchli deb hisoblaydi

«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya jamoaning o'yin falsafasi va hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Garsiya klub tanlagan uslubga ishonchi balandligini ta'kidladi. Uning aytishicha, «Barselona» o'z futboli bilan eng kuchlilar qatorida, biroq buni har safar maydonda natija bilan tasdiqlash zarur. Shuningdek, u jamoa Chempionlar ligasi hamda qolgan barcha sovrinlar uchun kurashishga qodirligini aytdi.

La Liganing 25-turidan so'ng kataloniyaliklar 61 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi «Real»dan ustunlik esa atigi bir ochkoni tashkil etadi.

Keyingi turda, 28-fevral shanba kuni «Barselona» o'z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qiladi. Ispaniya chempionatining 26-tur uchrashuvi 20:15 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Garsiya «Barselona» 0:4 hisobidagi vaziyatdan ham qayta oladi, degan fikrni ham bildirgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.