Slutskiy boshchiligidagi Shanxay Shenxua ACLda yutqazib qo'ydi

Slutskiy boshchiligidagi Shanxay Shenxua ACLda yutqazib qo'ydi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenxua» yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda Leonid Slutskiy jamoasi musobaqani tark etishdan oldin hech bo'lmasa munosib yakun qilishga urindi, biroq buni uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda Tailandning «Buriram United» klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar birinchi taymning dastlabki daqiqalarida tezkor ikki gol urib, o'yin taqdirini hal qildi, keyinroq «Shanxay Shenxua»ning bir futbolchisi maydondan chetlatilgani intriga qolishiga ham yo'l qo'ymadi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.