Gakpo Liverpul mavsumni qanday saqlab qolishini aytdi

Gakpo Liverpul mavsumni qanday saqlab qolishini aytdi

«Liverpul» hujumchisi Kodi Gakpo jamoada hozirgi mavsumdagi vaziyatni o'nglash uchun hali imkoniyat borligini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliya chempionlari bu mavsum APL chempionligi poygasidan ancha ortda qolgan, biroq Yevropa Chempionlar ligasi va Angliya Kubogida kurashni davom ettirmoqda.

Gakponing fikricha, agar «Liverpul» Chempionlar ligasi va Angliya Kubogini qo'lga kiritsa, APLda esa ilk to'rtlikda mavsumni yakunlasa, bu yilgi natijani juda muvaffaqiyatli deb atash mumkin. Shunga qaramay, u buni o'tgan mavsumdagidan ham yaxshiroq deyishga shoshilmasligini qo'shdi.

Hozirda «Liverpul» Angliya chempionati turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.