De Dz­erbi keyingi mavsumda Tottenhemni tanlashga moyil

De Dz­erbi keyingi mavsumda Tottenhemni tanlashga moyil

"Marsel" bosh murabbiyligidan yaqinda bo'shatilgan Roberto de Dz­erbi endi Angliya Premer-ligasidagi bir qator grand klublar bilan tilga olinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Transfer News Live Sky Sports manbasiga tayanib xabar berishicha, italiyalik mutaxassis imkoniyat tug'ilsa, keyingi mavsumda "Manchester Yunayted"dan ko'ra "Tottenhem"ni boshqarishni afzal ko'radi.

De Dz­erbi avval ham APLda ishlagan — u "Brayton"ni boshqargan.

"Tottenhem" yaqinda Tomas Frank bilan xayrlashib, mavsum oxirigacha Igor Tudor bilan kelishib oldi. "Manchester Yunayted" esa Ruben Amorim ketganidan so'ng jamoani yozgacha Maykl Kerrikka ishonib topshirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.