Tottenhem El-Malani grand klublardan ilib ketmoqchi

Tottenhem El-Malani grand klublardan ilib ketmoqchi

Kyoln vingeri Said el-Mala Tottenhemning asosiy transfer nishoniga aylandi. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, londonliklar 19 yoshli futbolchini qo'lga kiritish bo'yicha ishlarni boshlab yuborgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq kelishuvni yopish oson bo'lmaydi: iqtidorli germaniyalikka Manchester Siti, Manchester Yunayted, Chelsi, Brayon, Barselona, PSJ, Bavariya hamda Milan Interi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt bahosiga ko'ra, el-Malaning narxi 40 mln yevroni tashkil etadi. Uning Kyoln bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda vinger Bundesligadagi 23 o'yinda 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.