Kudryashov Jikiya Antalyaspor asosiy tarkibiga tezroq qaytsin deydi

Kudryashov Jikiya Antalyaspor asosiy tarkibiga tezroq qaytsin deydi

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fyodor Kudryashov Georgiy Jikiyaning Turkiyadagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis Antalyaspor markaziy himoyachisi atrofidagi vaziyatni doimiy kuzatib borayotganini aytdi. Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi so‘nggi paytlarda maydonda kam ko‘rinmoqda — agenti so‘zlariga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Jikiya hozircha optimal sport formasida emas, deb hisoblayapti.

«Qachon o‘ynadi, qachon o‘ynamadi — hammasini kuzataman. Uning imkon qadar tezroq asosiy tarkibga qaytishini juda xohlayman. U bilan aloqada bo‘lganmanmi? Klubga o‘tayotgan paytida gaplashgandik, shundan keyin yo‘q», — dedi Kudryashov Metaratings.ru nashriga.

Jikiya Antalyaspor safida 2025 yil yozidan beri to‘p surmoqda. Joriy mavsumda sobiq «Spartak» futbolchisi 13 uchrashuvda maydonga tushib, ikki gol muallifiga aylangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.