Slutskiy boshqargan Shanghai Shenhua ACLda mag'lub bo'ldi

Slutskiy boshqargan Shanghai Shenhua ACLda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng «Shanghai Shenhua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergan edi. Sakkizinchi turda «Buriram United»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnirdagi so'nggi imkoniyat — hech bo'lmasa munosib yakun yasash edi, biroq bu rejasi amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi: uchrashuvning 11-daqiqasida Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Ko'p o'tmay «Shanghai Shenhua» bir futbolchidan ayrilib, son jihatdan kamchilikda qoldi va o'yindagi intriga deyarli so'ndi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanghai Shenhua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.