Gvardiola Chempionlar ligasidagi kurash nihoyatda murakkab dedi

Gvardiola Chempionlar ligasidagi kurash nihoyatda murakkab dedi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat darajasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Shaharliklar" 1/8 final bosqichida yana Madridning "Real" jamoasiga ro‘para keladi.

"Chempionlar ligasi juda qiyin. Istalgan jamoani oling — har birining o‘z kuchli tomoni bor. Bu turnirda uzoqqa borishni istasang, eng kuchlilarni yutishing kerak. Aks holda, sen bunga shunchaki loyiq bo‘lmaysan", — dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

O‘tgan mavsum Yevropaning eng nufuzli musobaqasida "Manchester Siti" aynan "Real"ga yutqazib, pley-offning saralash bosqichidayoq musobaqani tark etgandi. Joriy mavsumda esa jamoalar umumiy bosqichda to‘qnash kelgan va o‘shanda ingliz grandi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.