Galyardo ko'z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim abadiy ketmaydi

Galyardo ko'z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim abadiy ketmaydi

Murabbiy Marselo Galyardo o'zining so'nggi uchrashuvini "Banfild"ga qarshi o'tkazdi. Unda "River Pleyt" 3:1 hisobida g'alaba qozonib, ketma-ket uchta mag'lubiyatdan iborat omadsiz seriyaga nuqta qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalgi muvaffaqiyatsiz natijalar Galyardoning lavozimini saqlab qolishiga to'sqinlik qildi, biroq klub unga muxlislar oldida munosib tarzda xayrlashish imkonini berdi. U esa o'sha lahzalarni juda hissiyotli tarzda o'tkazdi.

O'yindan keyin ko'zlariga yosh olib, Galyardo muxlislarga minnatdorlik bildirdi: "Hammangizga shunchaki rahmat. Bu qadar mehrni so'z bilan ifodalash qiyin. Men butunlay ketmayapman. Riverdan hech kim abadiy ketmaydi. Bu sehrli joy: ketsang ham, baribir klub bilan qolasan", dedi u.

Eslatib o'tamiz, Marselo Galyardo 90-yillarda "River Pleyt" safida to'p surgan va Argentina terma jamoasida ham o'ynagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.