Barselona Kamp Nouga qaytgach ochko yo‘qotmadi

Barselona Kamp Nouga qaytgach ochko yo‘qotmadi

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi La Liganing 26-turida «Vilyarreal»ni katta qiyinchiliksiz mag‘lub etib, navbatdagi g‘alabasini rasmiylashtirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu natija «Barselona» uchun «Kamp Nou»ga o‘tgan yil noyabrida qaytganidan beri uy stadionidagi ketma-ket 10-g‘alaba bo‘ldi. Shunday qilib, kataloniyaliklar o‘z maydonida o‘tkazilgan 10 uchrashuvda ham birorta ochko yo‘qotmadi.

Seriya faqat chempionat o‘yinlari bilan cheklanmayapti — unda Yevropa Chempionlar ligasidagi bahslar ham bor. Endi «Barselona» ushbu natijani Ispaniya Kubogi yarim finalining «Atletiko»ga qarshi javob uchrashuvida yana davom ettirishga harakat qiladi. O‘yin chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.