Sebastyan Hyoness Shtutgartni Bundesligada 100-marta boshqardi

Sebastyan Hyoness Shtutgartni Bundesligada 100-marta boshqardi

Bundesliganing 24-turida «Shtutgart» o'z maydonida «Volfsburg»ni 4:0 hisobida yirik mag'lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu g'alaba «shvablar» ustozi Sebastyan Hyoness uchun o'zgacha sana — Bundesligada «Shtutgart» boshqaruvidagi 100-o'yiniga munosib sovg'a bo'ldi. Klub tarixida Bundesligada 100 va undan ko'p uchrashuvda jamoani boshqargan so'nggi murabbiy Feliks Magat bo'lib, u 2001–2004 yillarda ishlagan.

Keyingi turda «Shtutgart» safarda «Mayns»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 7-mart, shanba kuni bo'lib o'tadi. Hozirda jamoa Germaniya chempionati turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.