Ronaldu kafolatlar oldi va kelajagini hal qildi

Ronaldu kafolatlar oldi va kelajagini hal qildi

Krishtianu Ronaldu yaqinda «Al-Nasr»ning bir nechta uchrashuvlarida maydonga tushmay, klub boshqaruvidagi ayrim qarorlardan norozi ekanini bildirdi. Shu fonida portugaliyalik yulduz yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida gap-soʻzlar ham tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq 365Scores xabariga ko‘ra, Ronaldu shartnomasi yakunigacha — 2027 yil o‘rtalarigacha — «Al-Nasr»da qolishga qaror qilgan. Manbaga ko‘ra, hujumchi Saudiya Arabistoni investitsiya fondi vakillaridan jamoani top-darajadagi futbolchilar bilan kuchaytirish bo‘yicha aniq kafolatlar olgan.

Hozirda «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Al-Ahli» ikki ochko ortda, uchinchi «Al-Hilol» esa uch ochko kam bilan ta’qib qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.