Eduard Mor Roma va Yuventusning 3:3 o'yinini baholadi

Moskvaning «Spartak» klubida to'p surgan sobiq himoyachi, hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Eduard Mor A Seriyaning 27-turida «Roma» va «Yuventus» o'rtasida kechgan golli durang haqida fikr bildirdi. Uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Hisob 1:3 bo'lib turganida, “Yuventus” bu o'yinni saqlab qololmaydi, deb o'ylagandim. Lekin ular yana bir bor yakunda vaziyatni o'zgartirishdi. Spalletti jamoasi xarakter ko'rsatdi. Ajoyib uchrashuv bo'ldi», — dedi Mor «Match TV» efirida.
O'yindan so'ng «Roma» 51 ochko jamg'arib, Italiya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Luchano Spalletti qo'l ostidagi jamoa esa 47 ochko bilan oltinchi pog'onada joylashgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













