Eldor va Abbos asosiyda, Turkiya kubogida qiziq to‘qnashuv boshlanmoqda

Birozdan so‘ng Turkiya kubogi 4-bosqichi doirasida «Istanbul Bashakshehir» hamda «Trabzonspor» o‘rtasidagi muhim uchrashuv start oladi. Mazkur bahs oldidan har ikki jamoaning asosiy tarkiblari rasman e’lon qilindi.
Mezbonlar — «Istanbul Bashakshehir» safida o‘zbekistonlik ikki futbolchi — hujumchi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Abbos Fayzullayev o‘yinni ilk daqiqalardan boshlaydi. Bu esa o‘zbek muxlislari uchun bellashuvga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda.
«Istanbul Bashakshehir»ning asosiy tarkibi:
Dog‘an, Onur B., Duarte (sardor), Ba, Operi, Umut, Kemen, Fayzullayev, Shomurodov, Brnich, Da Kosta.
Zaxira:
Volkan, Yusuf, Hamza, Selke, Krespo, Onur E., Berat, Kaluzinski, O‘mer Ali, Ebosele.
Bosh murabbiy: Nuri Shahin.

Mehmonlar — «Trabzonspor» esa quyidagi tarkibda maydonga tushadi:
Onuralp, Savich (sardor), Batagov, Lovik, Pina, Okay, Bushuari, Nvakayeme, Muhi, Augusto, Umut.
Zaxira:
Ahmet Dog‘an, Erol Jan, Mustafa, Taxa Emre, Solih, Oulay, Ozan, O. Chakirog‘lu, Zubkov, Onuachu.
Bosh murabbiy: Fotih Tekke.

Qisqasi, tarkiblarning o‘ziyoq bugungi bahs shiddatli va murosasiz o‘tishidan darak bermoqda. Ayniqsa, Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayevning asosiy tarkibda tushishi «Bashakshehir» hujum chizig‘ida katta umid uyg‘otyapti.













