"Inter Mayami"da navbatdagi g‘alaba. Messi 899-golini urdi (video)

"Inter Mayami"da navbatdagi g‘alaba. Messi 899-golini urdi (video)

MLSning navbatdagi turida \"Inter Mayami\" \"Di Si Yunayted\" mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

\"Inter Mayami\" safidagi gollarga Lionel Messi va Rodrigo de Paul mualliflik qilgan bo‘lsa, mezbonlarning yagona golini Baribo urishga erishdi. Ushbu gol Messining faoliyatidagi 899-goli bo‘ldi.

MLS. 3-tur

Di Si Yunayted — Inter Mayami 1:2

Gollar: Baribo 75 – de Paul 17, Messi 27.

Inter Mayami – Slair, Mura, Falkon, Silva, Allen, Silvetti (Allende, 71), de Paul, Brayt, Segoviya (Lujan, 88), Berterame, Messi.

Natijada Xaviyer Maskerano jamoasi ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi. Mezbonlarda esa 3 ochko bor.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.