Atletiko himoyachisi futbolni go'sht maydalagichga o'xshatdi

Atletiko himoyachisi futbolni go'sht maydalagichga o'xshatdi

Madridning \"Atletiko\" klubi himoyachisi Xose Ximenes zamonaviy futbol taqvimidagi tig\'iz o\'yinlar jadvaliga nisbatan keskin tanqidiy fikrlarini bildirdi. Urugvaylik futbolchining so\'zlariga ko\'ra, hozirgi sharoitda o\'yinchilar jismoniy va ruhiy jihatdan juda katta bosim ostida qolmoqda.

\"Bu xuddi haqiqiy go\'sht maydalagichga o\'xshaydi. Bizga dam olish uchun vaqt kerak, chunki futbolchilar o\'z sog\'lig\'ini xavf ostiga qo\'ymoqda. Hozirgi holatimiz xuddi sirkdagi masxarabozlarga o\'xshaydi, qachon buyurishsa, o\'sha paytda maydonga tushishga majburmiz\", — deya ta\'kidladi Ximenes \"Marca\" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o\'tamiz, 7 mart kuni Diego Simeone shogirdlari La Liga doirasidagi bahsda \"Real Sosedad\" ustidan 3:2 hisobida g\'alaba qozonishdi. Shunga qaramay, jamoa dam olishga ulgurmay, navbatdagi muhim bellashuvga tayyorgarlik ko\'rmoqda. Madridliklar 10 mart kuni Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida Londonda \"Tottenxem\" mehmoni bo\'lishadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.