Messi hakam bilan bog‘liq mojaroga izoh berdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi hakam bilan bog‘liq mojaro haqida gapirdi, deb yozadi Kun.uz. U hakam assistentini haqorat qilgani uchun JCh-2018 Janubiy Amerika saralashida milliy terma jamoaning navbatdagi to‘rtta uchrashuvida qatnasha olmaydigan bo‘ldi. Unga shuningdek, 10 ming evro miqdorida jarima qo‘llandi.
Argentina Messi ishtirok etmagan Boliviyaga qarshi o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va JCh-2018 saralashi Janubiy Amerika mintaqasida beshinchi o‘ringa tushib ketdi. Jamoa keyingi turda Urugvay maydoniga safar qiladi.
«Mening so‘zlarim referi yordamchisiga qaratilmagandi. Men ularni shunchaki havoga qarab aytdim», - deya Messining so‘zlarini keltiradi La Nacion.
Avvalroq «Barselona» Lionelning chetlashtirilishidan darg‘azab ekani haqida rasmiy bayonot bilan chiqqandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Argentina Messi ishtirok etmagan Boliviyaga qarshi o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va JCh-2018 saralashi Janubiy Amerika mintaqasida beshinchi o‘ringa tushib ketdi. Jamoa keyingi turda Urugvay maydoniga safar qiladi.
«Mening so‘zlarim referi yordamchisiga qaratilmagandi. Men ularni shunchaki havoga qarab aytdim», - deya Messining so‘zlarini keltiradi La Nacion.
Avvalroq «Barselona» Lionelning chetlashtirilishidan darg‘azab ekani haqida rasmiy bayonot bilan chiqqandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













