“Aston Villa” dramatik o‘yinning oxirgi daqiqalarida g‘alaba qozondi

“Aston Villa” dramatik o‘yinning oxirgi daqiqalarida g‘alaba qozondi

Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Aston Villa» – “Sanderlend” uchrashuvi haqiqiy futbol spektakliga aylandi. Gollarga boy, keskin va dramatik tarzda kechgan bahsda mezbonlar oxirgi daqiqalarda kiritilgan to‘p evaziga g‘alabani o‘z qo‘liga oldi.

Uchrashuvni mehmonlar faol boshladi va Rigg 9-daqiqada hisobni ochdi. Biroq «Aston Villa» tezda javob qaytardi. Uotkins 2 va 36-daqiqalarda ikki bor aniq harakat qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi. 46-daqiqada Rojers ustunlikni mustahkamladi.

Shunga qaramasdan, “Sanderlend” taslim bo‘lmadi. 86 va 87-daqiqalarda Hyum va Izidor ketma-ket gol urib, hisobni 3:3 ko‘rinishiga olib keldi va kambek amalga oshdi.

Biroq uchrashuvning eng katta dramasi qo‘shimcha daqiqalarda yuz berdi. 90+3-daqiqada Temmi Abraxam gol urib, «Aston Villa»ga g‘alaba keltirdi va stadionni larzaga soldi.

Shu bilan birga, mezbonlar APL jadvalida 58 ochko bilan 4-o‘rinda, mehmonlar esa 46 ochko bilan 11-pozitsiyada qoldi.

APL. 33-tur

«Aston Villa» – “Sanderlend” 4:3

Gollar: Uotkins (2, 36), Rojers (46), Abraxam (90+3) — Rigg (9), Hyum (86), Izidor (87)

«Aston Villa»: Martines, Kesh, Konsa, Mingz, Matsen (Din, 70), Onana, Tilemans, Makgin (Sancho, 80), Barkli (Buendia, 70), Rojers, Uotkins (Abraham, 80)

“Sanderlend”: Rufs, Mukiele, O‘Nayn, Alderete (Ballard, 63), Mandava (Hyum, 63), Jaka, Sadiki, Rigg (Talbi, 63), Diarra, Le Fe, Brobbi

Ogohlantirishlar: Sadiki (66), Mukiele (90+5), Onana (90+8), Ballard (90+8)

Bu uchrashuv yana bir bor Premyer-ligada hech narsa oxirigacha hal bo‘lmasligini, har bir daqiqa taqdirni o‘zgartirishi mumkinligini ko‘rsatdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.