Martines uchta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi

Martines uchta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi

Angliya futbol assotsiatsiyasi «Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martinesga nisbatan chiqarilgan qizil kartochka bo'yicha apellyatsiyani rad etdi. Argentinalik futbolchi «Lids» hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuinning sochidan tortgani uchun maydondan chetlatilgan edi. Endilikda u uchta o'yinni o'tkazib yuborishi rasman tasdiqlandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Tartib-intizom paneli hakamning qarorini to'g'ri deb topdi va bunday xatti-harakatlar professional futbolda mutlaqo qabul qilinmasligini ta'kidladi. Martines «Chelsi»ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgan bo'lsa, endi «Brentford» va «Liverpul» bilan bo'ladigan muhim uchrashuvlarda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

Martines uchta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi

Jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Maykl Karrik ushbu qarordan norozi ekanini yashirmadi. U hakamning qarorini o'zi ko'rgan eng yomon qarorlardan biri deb atagan bo'lsa-da, yakuniy xulosaga bo'ysunishga majbur ekanini bildirdi. Karrikning so'zlariga ko'ra, jamoa bu vaziyatni qabul qilib, oldinga intilishi lozim.

Himoya chizig'idagi inqiroz yanada kuchaydi, chunki Matteys de Ligt va Leny Yoro ham jarohat sababli safdan chiqqan. Faqatgina diskvalifikatsiyasi yakunlangan Garri Maguayr tarkibga qaytishi kutilmoqda. Martines faqat 9 may kuni «Sanderlend»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin bo'ladi.

Martines uchta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.