Mbappe jarohat tufayli «Real Madrid» tarkibini tark etishi mumkin

Mbappe jarohat tufayli «Real Madrid» tarkibini tark etishi mumkin

Ispaniyada Kilian Mbappe atrofida shov-shuvli mish-mishlar tarqalmoqda. Xabarlarga ko'ra, fransiyalik hujumchining so'nggi jarohati «Real Madrid» klubidan uzoqlashish uchun shunchaki bahona bo'lishi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Mbappe «Real Betis» bilan o'yinda tizzasidagi noqulaylik tufayli maydonni tark etgan edi. Biroq muxlislar va ekspertlar futbolchining jamoa uchun borini berishga tayyor emasligidan shubhalanmoqda.

Mbappe jarohat tufayli «Real Madrid» tarkibini tark etishi mumkin

«Marca» nashri Mbappening jamoadagi hayotidan charchaganini yozmoqda. Bunga doimiy jismoniy muammolar va kiyinish xonasidagi ayrim jamoadoshlari bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab qilib ko'rsatilgan.

Hujumchi Jud Bellingem va murabbiy Alvaro Arbeloa bilan ziddiyatga borgani aytilmoqda. Shuningdek, u klub rahbariyati Vinisius Juniorni o'zidan ko'ra ko'proq qadrlashidan norozi bo'lib kelmoqda.

Mbappe jarohat tufayli «Real Madrid» tarkibini tark etishi mumkin

Vaziyatni o'zgartirish uchun «Real Madrid» rahbariyati murabbiylar shtabida o'zgarishlar qilishi kutilmoqda. Mbappening Fransiya terma jamoasidagi ustozi Didye Desham nomzodi asosiy variantlardan biri sifatida ko'rilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.